Aholini ro‘yxatga olish qachondan o‘tkazila boshlangan?

Aholini dastlabki ro‘yxatga olish qadimgi Gretsiya, Vavilon, Mesopotamiya, Rim, Xitoy, Yaponiya va Misrda o‘tkazilgan. Lekin, bu aholi ro‘yxatlarining maqsadi aholidan soliq yig‘ish, ya’ni boj olish hamda harbiy maqsad uchun aholi sonini aniqlash bo‘lgan. Shuning uchun ham, bu aholi ro‘yxatlarida asosan erkaklar ro‘yxatga olingan. Chunki, u paytlarda erkaklarning iqtisodiy o‘rni yuqori bo‘lgan, soliq to‘lashda faqat erkaklar, ya’ni oila boshliqlari qatnashgan.

Aholini eng birinchi rasmiy ro‘yxatga olish 1790 yilda AQShda, keyinchalik 1800 yilda Shvetsiya va Finlyandiyada, 1801 yilda – Angliya, Daniya, Norvegiya va Fransiyada o‘tkazilgan. Ammo, bu aholi ro‘yxatlari juda oddiy shaklda hamda uzoq muddatga cho‘zilgan. Masalan, birinchi AQShda aholini ro‘yxatga olish ishlari 18 oy davomida olib borilgan.

XIX asrga kelib, aholini ro‘yxatga olish juda kengaydi. Qator Yevropa mamlakatlarida statistika tashkilotlari tuzildi. Aholini ro‘yxatga olish ilmiy dasturlar asosida olib borilishi yo‘lga qo‘yildi. Xususan, 1870-1879 yillarda dunyoning 48 ta, 1890 yillarda esa 57 ta davlatida aholi ro‘yxati o‘tkazilgan. XIX asr oxirida dunyo aholisining 21 foizi ro‘yxatga olingan bo‘lsa, XX asr boshida 54 foiz aholi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Ikkinchi jahon urushidan keyin, aholini ro‘yxatga olish tizimi yanada takomillashtirildi. 1945-1954 yillarda – 151 ta davlatda, 1965-1974 yillarda – 179 ta davlatda aholi ro‘yxati o‘tkazilgan. Hozirgi paytda, dunyodagi deyarli barcha davlatlarda aholini ro‘yxatga olish ishlari olib borilmoqda.

Respublikamizda demografik jarayonlarning holatini o‘rganishda mamlakat hududida o‘tkazilgan aholi ro‘yxati ma’lumotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Manbalarda keltirilishicha, O‘zbekiston hududida dastlabki aholi ro‘yxati 1897 yilda o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu ro‘yxat ma’lumotlari XIX asr oxirida O‘zbekistonda mavjud oilalar soni, aholi soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tug‘ilish, o‘lim kabi demografik jarayonlar haqida tassavvur hosil qilishga yordam bergan. O‘zbekiston hududida keyinchalik 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 yillarda aholini ro‘yxatga olish ishlari tashkil etilgan.

Xalqaro tavsiyalarga ko‘ra, aholini ro‘yxatga olish quyidagi muhim tamoyillarga asoslanadi:

  1. Markazlashtirish.Aholini ro‘yxatga olishni boshqarishning qat’iy markazlashtirilishi ushbu tadbirni muvaffaqiyatli o‘tkazishning asosiy shartlaridan biridir.
  2. Aholini ro‘yxatga olishning muntazamligi.BMT tavsiyalariga ko‘ra, aholini ro‘yxatga olish 10 yilda kamida bir marotaba o‘tkazilishi belgilangan.
  3. Aholini ro‘yxatga olish maxsus tayyorlangan mutaxassislar – hisobchilar tomonidan o‘tkazilishi.Mazkur tadbirni amalga oshirish uchun ko‘p miqdorda maxsus xodimlar yollanadi, ularning tarkibiga ziyolilar, talabalar ham kiritilishi mumkin.
  4. Aholini ro‘yxatga olishni aniq bir muddatda o‘tkazish.Bu tadbirni amalga oshirishga odatda 10–12 kun talab etiladi. Aholini ro‘yxatga olish bir necha kun davomida o‘tkazilsa ham, ma’lumotlar aniq bir vaqtda – ko‘pincha aholini ro‘yxatga olishning birinchi kunining 0 soatdagi holati bo‘yicha qayd etiladi. Bu aholini ro‘yxatga olishning nozik vaqti, deb ham ataladi.

Masalan, chaqaloq aholini ro‘yxatga olish davrida, ammo ana shu aniq muddatdan keyin tug‘ilgan bo‘lsa, u aholi ro‘yxatiga kiritilmaydi. Lekin, kimdir bu aniq nozik muddatda hayot bo‘lib, shundan keyin, ya’ni aholini ro‘yxatga olish davrida vafot etsa, u aholi ro‘yxatiga kiritiladi.

  1. Aholini ro‘yxatga olishning belgilab qo‘yilgan aniq dasturining mavjudligi va tadbirni unga qat’iy rioya qilgan holda o‘tkazish.Aholini ro‘yxatga olish dasturi – ro‘yxatga olishda muayyan talablarni hisobga olgan holda, aholiga murojaat qilinadigan savollar ro‘yxatini, ma’lumotlarni qayd etish, to‘plash, qayta ishlash, yakuniy ma’lumotlarni e’lon qilish tartiblarini o‘z ichiga oladi.
  2. Aholining to‘liq qamrab olinishi.Aholini ro‘yxatga olishda kimdir unutib qoldirilishi yoki ikki marta ro‘yxatga olinishi hollari uchrasa ham, mavjud aholining ro‘yxatdan joy olinishini ta’minlash asosiy vazifa hisoblanadi.
  3. Ma’lumotlarning maxfiyligi va shaxsiylashtirilishi.Aholini ro‘yxatga olishda individual asosda har bir shaxs to‘g‘risidagi yakka ma’lumotlar to‘planadi. Shu bilan birga, respondentlardan olingan ma’lumotlarning nomsizligi kafolatlanadi. Aholini ro‘yxatga olish varaqasidan faqat natijalarni umumlashtirish uchun foydalaniladi.
  4. Ixtiyoriylik.Shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar so‘ralayotgan (respondent)ning javoblari (kichik yoshdagilar uchun – ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosadigan shaxslarning) asosida qayd qilinadi va buni hujjat bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

Ko‘pgina mamlakatlarda aholini ro‘yxatga olish qonun bilan tartibga solinishi mustahkamlab qo‘yilgan.

Masalan, Buyuk Britaniyada 1920 yilda Qo‘shma Qirollikda aholini ro‘yxatga olish qonuni qabul qilingan. Mazkur qonunda aholini ro‘yxatga olishning barcha qoidalari, fuqarolar, uy xo‘jaliklari, korxonalar va muassasalarning qaysi toifalari ro‘yxatga olinishi, aholini ro‘yxatga olishni kim o‘tkazishi, so‘rov varaqalari qanday bo‘lishi kerakligi belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari, aholini ro‘yxatga oladigan hisobchilarni yollash qoidalari, ularning xizmat vazifalari hamda aholini ro‘yxatga olish qoidalari ko‘rsatilgan.

Buyuk Britaniyada har galgi aholini ro‘yxatga olishdan taxminan bir yil avval bunga doir alohida qonun hujjati qabul qilinadi (bunda albatta 1920 yilgi qonun hujjatiga havola qilinadi). Bu qonunda aholini ro‘yxatga olish uslubiga aniqlik kiritiladi, aholini ro‘yxatga olish muddati va buning uchun ajratiladigan mablag‘ miqdori belgilanadi. Buyuk Britaniyada aholini ro‘yxatga olish har o‘n yilda, odatda, aprel oyida o‘tkaziladi. Bu sananing tanlanishi mamlakatda aholi o‘rtasida ommaviy tadbirlarning o‘tkazilishi uchun ob-havo qulay bo‘lishi bilan izohlanadi.

Mamlakatda aholini ro‘yxatga olishga jalb qilinadigan ijtimoiy xodimlarga qat’iy talablar qo‘yiladi. Ular maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tishlari shart. Bu xodimlar ro‘yxatga olish boshlanishidan uch kun avval o‘z hududlaridagi aholini so‘rov varaqasini to‘ldirish bilan tanishtirib chiqishlari talab qilinadi.

AQShda 1790 yildan buyon, har 10 yilda aholini ro‘yxatga olish o‘tkazib kelinadi. Aholini ro‘yxatga olish mamlakatning ko‘p asrlik qonunchilik asosiga tayanadi.

XVIII asrda qabul qilingan AQSh Konstitutsiyasining 1-moddasida “Vakillar palatasidagi joylar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliqlar Ittifoqqa kiruvchi shtatlar bo‘yicha ularning aholisi soni asosida taqsimlanadi… Aholining amaldagi soni Qo‘shma Shtatlar Kongressi birinchi majlisidan keyin uch yil mobaynida, keyin har o‘n yilda muntazam hisoblab chiqiladi”, deb qayd etilgan.

An’anaga ko‘ra, AQShda aholini ro‘yxatga olishga muhim umumdavlat ahamiyatiga ega tadbir sifatida qaraladi, unda barcha aholining ishtirok etishi Amerika demokratiyasi amal etishining zarur sharti, deb baholanadi.

Polshada aholini ro‘yxatga olish uzoq tarixga ega. Bu yerda mazkur tadbir Yevropada ilk bor – 1764 yilda o‘tkazilgan.

Hozirgi paytda mamlakatda aholini ro‘yxatga olish xalqaro me’yorlar asosida o‘tkaziladi. Har 10 yilda o‘tkaziladigan bu tadbirda aholi an’anaviy: yoshi, jinsi, ma’lumoti, ish joyi, millati, shuningdek, turarjoyi va uning maishiy asboblar bilan jihozlanishi kabi savollarga javob berishi kerak bo‘ladi. Ammo uy xo‘jaligi a’zolari va turar joy to‘g‘risidagi savollar batafsil – savollarning 34 guruhidan iboratdir.

Polshaning 1999 yildagi Aholi ro‘yxati to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq, mamlakat fuqarolari ro‘yxatga oluvchi hisobchini xonadoniga kiritib, uning savollariga javob berishi yoki so‘rovnoma varag‘ini o‘zi to‘ldirishi mumkin. Lekin, aholini ro‘yxatga olish tartib-qoidalaridan batafsil tanish bo‘lmagan fuqarolar uchun bu oson bo‘lmagan, sababi aholi ro‘yxatini o‘tkazish yo‘riqnomasi 200 varaqdan iborat bo‘lgan.

Ularning Qonuniga muvofiq, Polshaning har bir fuqarosi so‘rovnoma savollariga to‘la va haqqoniy javob berishi shart. Ma’lumot berishdan bosh tortish uchun jarima to‘lanadi, yolg‘on ma’lumot berganlik uchun esa ozodlikdan mahrum etilishi ham mumkinligi belgilab qo‘yilgan.

O‘zbekistonda Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida qonun qabul qilinmagan. Shuning uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5655-son Farmonida alohida band sifatida O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonuniloyihasi ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.

Mazkur qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi, ya’ni aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning maqsadi, tartibi, davri va muddatlarini aniqlash; zamonaviy texnologiya va uslubiyotlar asosida aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish va tashkil etish; aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishda ishtirok etuvchi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining vazifalari, funksiyalari va javobgarligini belgilash; jismoniy va yuridik shaxslarni ushbu jarayonlarga qatnashishi uchun aniq mexanizmlar va ularning mehnatiga haq to‘lash manbalarini belgilash; yakuniy natijalarni amalga oshirish uchun tashkiliy-amaliy, huquqiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlarni keltirib o‘tish inobatga olinishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilmagan. Aholining soni, yosh-jins tarkibi, hududiy joylashuvi xususiyatlari va boshqa ijtimoiy-demografik holatlaridagi o‘zgarishlar aholining joriy hisobi bo‘yicha mavjud ma’lumotlarni qo‘llashni sezilarli darajada cheklamoqda.

Ushbu dolzarb masalalarni hal etish va xalqaro talablardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PF-5655-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasi” tasdiqlandi. Ushbu Farmonda quyidagilar nazarda tutilgan.

Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish Konsepsiyasi tasdiqlandi.

Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

Uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha Respublika hamda hududiy komissiyalar tarkibi hamda ularning vazifalari belgilandi.

To‘rtinchidan, O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish vazifalari yuklatildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasi esa quyidagilarni nazarda tutadi.

Birinchidan, aholini ro‘yxatga olish tadbirining maqsadi va asosiy vazifalari yoritilgan.

Ikkinchidan, tadbirni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bosqichlari belgilangan.

Uchinchidan, tadbirni o‘tkazishda ishtirok etuvchilar, vaqtinchalik xodimlarni yollash va ularning vazifalari batafsil keltirilgan.

To‘rtinchidan, tadbirni o‘tkazishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish yo‘nalishlari inobatga olingan.

Beshinchidan, tadbirni o‘tkazishni moliyaviy manbalari ko‘rsatilgan.

Oltinchidan, tadbirdan kutilayotgan natijalar va boshqa ishlarni amalga oshirish tushuntirib o‘tilgan.

Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish ishlari keng qamrovli tadbir bo‘lib, ketma-ket hamda bir vaqtning o‘zida tegishli tadbirlarni amalga oshirish mumkin bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi, ya’ni:

Birinchi bosqichda (3 yilgacha bo‘lgan muddat) quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishni tashkil etish, o‘tkazish tamoyillari, uslubiy asoslari va moliyalashtirish manbalarini aniqlash masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar tayyorlanadi;

aholini ro‘yxatga olish tadbiri dasturini, aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish, uning natijalarini olish va e’lon qilishni tashkil etish uslubiyati ishlab chiqiladi;

aholini sinov asosida ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishni tashkil etish, uning natijalarini tahlil qilish ishlari olib boriladi;

har bir ro‘yxatga oluvchilarni o‘z hududi bo‘yicha xaritalar bilan ta’minlanadi;

aholi punktlaridagi uylarning ro‘yxatini tuzish va aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning tashkiliy rejasi tuziladi;

har bir xonadon raqamlanishi va ko‘chalar nomlanishini amalga oshiriladi;

zamonaviy xaritalash texnologiyalaridan foydalangan holda aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish, uning o‘tkazilishini nazorat qilish, yakuniy natijalarni olish va taqdim etishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish orqali tadbir monitoring qilib boriladi;

aholiga aholini ro‘yxatga olishning maqsadi va vazifalari axborot-tushuntirish ishlari orqali tanishtiriladi;

ro‘yxatga olish varaqalari va boshqa hujjatlar chop etilib, joylardagi mutaxassislarga etkaziladi;

ro‘yxatga olish uchastkalarini bino, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlash ishlari tashkil etiladi;

ro‘yxatga olish tadbirida ishtirok etuvchi vaqtinchalik xodimlar o‘qitilib, ular zaruriy vositalar bilan ta’minlanadi;

aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq boshqa ishlar olib boriladi.

Ikkinchi bosqichda (10 kundan 60 kungacha bo‘lgan davr) bevosita aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi, ya’ni aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘iladi, nazorat tekshiruvi o‘tkaziladi va aholini ro‘yxatga olish tadbiri materiallari qayta ishlash uchun ixtisoslashgan tuzilmalarga taqdim etiladi.

Uchinchi bosqichda (2 yildan 3 yilgacha bo‘lgan davr) quyidagilar amalga oshiriladi:

aholini ro‘yxatga olish tadbirining birlamchi materiallari ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha ixtisoslashgan tuzilmalar tomonidan qabul qilib olinadi;

aholini ro‘yxatga olish tadbiri materiallarini avtomatlashtirilgan tizimda qayta ishlashga tayyorlanadi;

birlamchi ma’lumotlarni kiritish, kodlashtirish, nazorat va tahrir qilish ishlari amalga oshiriladi;

aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha dastlabki natijalar olinadi;

aholini ro‘yxatga olish tadbiri natijalarini e’lon qilish va ularni tarqatish ishlari amalga oshiriladi.

Aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha vakolatli organ – O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hisoblanib, ular quyidagi muhim vazifalarni amalga oshiradilar:

  1. a) muhim ilmiy va oliy ta’lim muassasalari ishtirokida aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish bo‘yicha ilmiy-uslubiy va qo‘llanma materiallarni tayyorlaydi;
  2. b) har bir aholi punktida aholini ro‘yxatga olish ishlarini muvofiqlashtiruvchi ro‘yxatga olish uchastkalari mudirlarining, davlat statistika organlari xodimlari tarkibidan supervayzerlar (nazoratchi instruktorlar)ning tayinlanishini ta’minlaydi;
  3. v) joylardagi tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda, ro‘yxatga oluvchi xodimlarni o‘qitishni, shuningdek, ro‘yxatga olish varaqalarini sinov ko‘rinishida to‘ldirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni, keyinchalik xatoliklarni tahlil qilish va yuzaga kelgan qiyinchiliklarni tushuntirish orqali o‘tkazilishini (o‘qitish ishlari o‘qitilayotgan xodimlarning o‘rganilayotgan materialni to‘g‘ri o‘zlashtirganliklari va ro‘yxatga olish ishlariga tayyor ekanliklarini sinovdan o‘tkazgandan so‘ng yakunlanadi) amalga oshiradi;
  4. g) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:

ro‘yxatga olish natijalarini qayta ishlash bo‘yicha moddiy-texnik vositalarni sotib olish, server uskunalari, ro‘yxatga olish varaqalarini mashinada o‘qishni ta’minlovchi skanerlar va boshqa ofis texnikalari bilan ta’minlash bo‘yicha tenderlar tashkil etish va o‘tkazilishini ta’minlaydi;

aholini ro‘yxatga olish varaqalari ma’lumotlarini kiritish va qayta ishlash bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizim yaratadi;

aholini ro‘yxatga olish tadbirlari natijalarini olish bo‘yicha dasturiy vositalarni ishlab chiqadi;

  1. d) O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentliklari bilan birgalikda, aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilishi haqida aholini xabardor qilish, ro‘yxatga olish tadbirlarida faol ishtirok etish bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borish, reklama roliklari, shiorlar chiqarish va boshqa shu kabi tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi.

Bu tadbirga nafaqat statistika organlari xodimlari, balki respublikaning boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ham aholini ro‘yxatga olish ishlarida bevosita ishtirok etadilar. Jumladan:

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan miqdorda kartografik materiallarning (shahar va qishloq aholi punktlarining sxematik rejasi, ma’muriy tumanlar xaritasi) tayyorlanishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi aholini ro‘yxatga olish varaqalarini va boshqa hujjatlarni saqlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi, shuningdek, aholini ro‘yxatga olishning yig‘ma hujjatlarini qayta ishlangandan so‘ng doimiy saqlanishini yuritadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi quyidagilarni amalga oshiradi:

aholini ro‘yxatga olishga jalb etilgan shaxslarning to‘liq xavfsizligi va ro‘yxatga olish materiallarining saqlanishini ta’minlaydi;

ro‘yxatga olishni o‘tkazish davrida aholini ro‘yxatga olish organlarining binolari va yuklarini qo‘riqlashni amalga oshiradi;

aholini ro‘yxatga olish organlari bilan birgalikda, ro‘yxatga olishni o‘tkazish uchun zarur ma’lumotlarni berishdan bosh tortgan yoki korxona va tashkilot hududiga kiritishga to‘sqinlik qilgan shaxslarga nisbatan ma’muriy ta’sir choralari ko‘rishi mumkin.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tumanlar (shaharlar) hokimliklari zimmalariga ham bir qator vazifalar yuklatilgan bo‘lib, ular quyidagilarni amalga oshiradilar:

ro‘yxatga olish tadbiriga jalb etilgan shaxslarning o‘qishi va ishlashi uchun yaroqli bo‘lgan mebellar va aloqa vositalari bilan jihozlangan vaqtinchalik binolar hamda aholini ro‘yxatga olish varaqalari va boshqa hujjatlarni vaqtinchalik saqlash uchun qo‘riqlanadigan binolar ajratadi;

aholini ro‘yxatga olish uchastkalarini zarur transport va aloqa vositalari bilan ta’minlaydi;

davlat kadastri va davlat statistika organlari bilan birgalikda, doimiy yashovchi aholi sonini ko‘rsatgan holda aholi punktlarining to‘liq ro‘yxatini tuzadilar.

Aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha alohida ishlar jalb etilgan pudrat tashkilotlari tomonidan mahsulotlar va xizmatlar sotib olish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov asosida bajariladi, ya’ni: aholi o‘rtasida axborot-tushuntirish ishlarini o‘tkazish; kartografik materiallarni chop etish; ro‘yxatga olish materiallarini chop etish; moddiy-texnik ta’minlash; ro‘yxatga olish materiallarini tashish; texnologik-loyiha ishlarini o‘tkazish va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish; ro‘yxatga olish varaqalari ma’lumotlarini kiritish, avtomatlashtirilgan holda qayta ishlash va boshqalar.

Aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishga ko‘maklashish uchun zarur hollarda qo‘shimcha ravishda boshqa vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar jalb etilishi mumkin.

Xo‘sh, respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish bizga nima beradi?

Birinchidan, ma’lum bir sanada aholining aniq soni (yoshi va jinsi tarkibi, fuqaroligi, milliy tarkibi (keng qamrovli), barcha aholi punktlari bo‘yicha soni, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, mehnat resurslari, iqtisodiy faol aholi, aholi bandligi (kasbi va mutaxassisligi) va ishsizligi, daromad olish manbalari, nogironligi bo‘yicha batafsil ma’lumot olinadi.

Ikkinchidan, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashda (yalpi ichki mahsulot, aholi daromadlari, sanoat mahsuloti hajmi, iste’mol mahsulotlari hajmi, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) ishlatiladi.

Uchinchidan, aholi migratsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi.

To‘rtinchidan, Respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot sifatida foydalaniladi.

Beshinchidan, statistika idoralari tomonidan tashkil etiladigan tanlama kuzatuvlarni tashkil etishda ma’lumotlar bazasi sifatida qo‘llaniladi.

Oltinchidan, Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish ko‘rsatkichlarini shakllantirish va monitoringini yuritishda xizmat qiladi.

Yettinchidan, aholi punktlarining infratuzulmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish bo‘yicha qisqa, o‘rta
va uzoq muddatli prognozlar, dasturlarni ishlab chiqishda foydalaniladi.

Sakkizinchidan, Xalqaro tashkilotlar va foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladigan tahlillar uchun keng qamrovli axborotlar manbai hisoblanadi.

Bunday ma’lumotlar ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni prognoz qilish, bandlik sohasidagi siyosatni belgilash, ijtimoiy siyosat va aholi salomatligi bo‘yicha dasturlarni yaratishda, shuningdek davlat hokimiyati organlarining vazifalarini bajarishi, fan va jamiyatni axborot bilan ta’minlash uchun zarurdir.

  • Digg
  • Del.icio.us
  • StumbleUpon
  • Reddit
  • Twitter
  • RSS
Комментарии0

Respublikamizda 2022 yilda aholini ro’yxatga olish tartibi, mohiyati va uning istiqbollari

Har qanday davlatning tarixi – bu, birinchi navbatda, unda yashaydigan xalqning tarixi, aholisining soni va tarkibi, uning iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarida o’z ifodasini topadi. Aholi soni bo’yicha aniq va yaxlit ma’lumotlar aholini ro’yxatga olish asosida olinadi.

Aholini ro’yxatga olish yakunlariga qarab o’tmish va hozirgi davr haqida fikr va mulohazalar yuritish hamda kelajakni prognoz qilish mumkin bo’ladi.

Qator holatlarda aholini ro’yxatga olish – aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma’lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma’lumotlar olishning yagona manbai bo’lib xizmat qiladi.

Aholini ro’yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko’lamli tadbir bo’lib, aholi to’g’risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.

O’tmishga nazar solsak aholini dastlabki ro’yxatga olish qadimgi Gretsiya, Vavilon, Mesopotamiya, Rim, Xitoy, Yaponiya va Misrda o’tkazilgan. Lekin, bu aholi ro’yxatlarining maqsadi aholidan soliq yig’ish, ya’ni boj olish hamda harbiy maqsad uchun aholi sonini aniqlash bo’lgan. Shuning uchun ham, bu aholi ro’yxatlarida asosan erkaklar ro’yxatga olingan. Chunki, u paytlarda erkaklarning iqtisodiy o’rni yuqori bo’lgan, soliq to’lashda faqat erkaklar, ya’ni oila boshliqlari qatnashgan.

Aholini eng birinchi rasmiy ro’yxatga olish 1790 yilda AQShda, keyinchalik 1800 yilda Shvetsiya va Finlyandiyada, 1801 yilda – Angliya, Daniya, Norvegiya va Franstiyada o’tkazilgan. Ammo, bu aholi ro’yxatlari juda oddiy shaklda hamda uzoq muddatga cho’zilgan. Masalan, birinchi AQShda aholini ro’yxatga olish ishlari 18 oy davomida olib borilgan.

XIX asrga kelib, aholini ro’yxatga olish juda kengaydi. Qator Evropa mamlakatlarida statistika tashkilotlari tuzildi. Aholini ro’yxatga olish ilmiy dasturlar asosida olib borilishi yo’lga qo’yildi. Xususan, 1870-1879 yillarda dunyoning 48 ta, 1890 yillarda esa 57 ta davlatida aholi ro’yxati o’tkazilgan. XIX asr oxirida dunyo aholisining 21 foizi ro’yxatga olingan bo’lsa, XX asr boshida 54 foiz aholi ro’yxatdan o’tkazilgan.

Respublikamizda demografik jarayonlarning holatini o’rganishda mamlakat hududida o’tkazilgan aholi ro’yxati ma’lumotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Manbalarda keltirilishicha, O’zbekiston hududida dastlabki aholi ro’yxati 1897 yilda o’tkazilgan bo’lib, ushbu ro’yxat ma’lumotlari XIX asr oxirida O’zbekistonda mavjud oilalar soni, aholi soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tug’ilish, o’lim kabi demografik jarayonlar haqida tassavvur hosil qilishga yordam bergan. O’zbekiston hududida keyinchalik 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 yillarda aholini ro’yxatga olish ishlari tashkil etilgan.

O’zbekistonda Aholini ro’yxatga olish to’g’risida qonun qa’bul qilinmagan. Shuning uchun, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro’yxatga olishni o’tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5655-son Farmonida alohida band sifatida  O’zbekiston Respublikasining “Aholini ro’yxatga olish to’g’risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.

 

Viloyat statistika boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari :                                             B.Maxkamov  

  • Digg
  • Del.icio.us
  • StumbleUpon
  • Reddit
  • Twitter
  • RSS
Комментарии0

Aholini ro’yxatga olish barchaga va har bir insonga daxldor.

Avvalam bor aholini royxatga olish – bu aholining demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarini yig’ish, umumlashtirish, tahlil qilish va chop etishning yagona jarayoni bo’lib, u ma’lum bir vaqtda mamlakatdagi barcha shaxslarga yoki uning aniq chegaralangan qismiga tegishlidir. Bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko’lamli tadbir bo’lib, aholi to’g’risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.Aholini ro’yxatga olish yakunlariga qarab o’tmish va hozirgi davr haqida fikr va mulohazalar yuritish hamda kelajakni prognoz qilish mumkin bo’ladi.Qator holatlarda aholini ro’yxatga olish – aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma’lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma’lumotlar olishning yagona manbai bo’lib xizmat qiladi. Aholi qadim zamonlarda  ham davlatlarning soliq va harbiy harakatlariga va ularning ma’muriy tuzilmalari vazifalariga bog’liq edi. Hatto qadimgi Xindiston qonunlarida Manu hukmdorlariga ularning kuchlarini o’rganish va soliklarni aniqlash uchun aholini hisobga olish topshirilganligi haqida ma`lumotlar mavjud. Misrda qadimgi qirollik davri (eramizdan avvalgi 2800-2250) davridan boshlab aholi tadqiqotlari o’tkazildi. Shu bilan birga, qadimgi Mesopotamiyada aholining so’rovlari haqida ma’lumot mavjud. Qadimgi Xitoy va qadimgi Yaponiyada aholi soni aniqlanganligi haqida dalillar mavjud.Birinchi to’liq ro’yxatga olish 1790 yilda Qo’shma Shtatlarda o’tkazildi.Birlashgan Millatlar toashkilotining 2020 yilda Butunjahon aholi va uy- joy fondini ro’yxatga olish dasturining qo’llab-quvvatlashini e’tiborga olgan holda aholi soninig aniqliligi juda dolzarbligini anglatadi.Respublikamizda iqtisodiy va ijtimoiy  ma’lumotlaring aniqliligini ta’minlash va axolinig yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma’lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma’lumotlar maqsadida  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro’yxatga olishni o’tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5655-son Farmoniga muvofiq respublikamizda 2022 yilda aholini ro’yxatga olish tadbirini o’tkazish belgilandi.Bu farmoish ijrosi yuzasidan chora tadbirlar ilab chiqildi va O’zbekiston Respublikasining “Axolini ro’yxatga olish to’g’risida” qonun loyixasi muxoqamaga qo’yildi.

Aholini ro’yxatga olish tadbiri iqtisodiy jihatdan bizga nima beradi?

Birinchidan, aholini ro’yxatga olish mehnat va uy-joy bozorlarini rejalashtirish, respublika byudjetini tuzish, transport siyosatini yuritish, elektrenergetika, ijtimoiy ta’minot, sog’liqni saqlash va ta’lim sohalari, til va diniy siyosat masalarida juda muhim ahamiyatga ega. Bir so’z bilan aytganda, qaysi sohada bo’lmasin, kelajakni bashorat qilish zarur bo’lgan hollarda aholini ro’yxatga olish natijalarisiz rejalashtirib bo’lmaydi.

Ikkinchidan, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni (yalpi ichki mahsulot, aholi daromadlari, sanoat mahsuloti hajmi, iste’mol mahsulotlari hajmi, aholiga ko’rsatiladigan xizmatlar hajmi, qishloq xo’jaligi mahsulotlari) hisoblashda foydalaniladi.

Uchinchidan, respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko’rsatish bo’yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot manbai sifatida xizmat qiladi.

To’rtinchidan, aholi punktlarining infratuzulmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish bo’yicha qisqa, o’rta va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqishda ishlatiladi.

Bunday ma’lumotlar ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni oldindan baholash, bandlik sohasidagi siyosatni belgilash, ijtimoiy siyosat va aholi salomatligi bo’yicha dasturlarni yaratishda, shuningdek davlat hokimiyati organlarining vazifalarini bajarishi, ilm-fan va jamiyatni axborot bilan ta’minlash uchun zarurdir.

O’zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro’yxatga olishni o’tkazish konsepsiyasiga muvofiq aholini ro’yxatga olish tadbirlarini o’tkazish bilan bog’liq xarajatlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun ko’zda tutilgan O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa mablag’lar hisobiga moliyalashtiriladi.

Moliyalashtirish uchun zarur mablag’lar hajmi O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va boshqa mas’ul idoralar hisob-kitoblari asosida, shuningdek, tender savdolari va tender hujjatlarini rasmiylashtirish natijalari bo’yicha aniqlanadi.

Aholini ro’yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazishga, uning materiallarini qayta ishlashga, natijalarini olish va e’lon qilishga jalb etilgan xodimlarning mehnatiga haq to’lash maxsus ishlab chiqilgan va tasdiqlangan normativlar asosida amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, 2022 yilda aholini ro’yxatga olishni o’tkazish bo’yicha xalqaro tashkilotlar bilan ham tashkiliy, uslubiy va moliyaviy jihatlar bo’yicha hamkorlik qilinmoqda. Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg’armasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika komissiyasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi va boshqa shu kabi xalqaro tashkilotlarni keltirish mumkin.

  • Digg
  • Del.icio.us
  • StumbleUpon
  • Reddit
  • Twitter
  • RSS
Комментарии0

2022-yilda aholi ro‘yxatga olinadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-fevraldagi farmoni bilan 2022-yilda O‘zbekiston aholisini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqladi. Mustaqillik yillarida mamlakatda aholini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkazilmadi. So‘nggi marta u 1989-yilda o‘tkazilgan. “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va uning farovonligi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumot uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadli dasturlarini, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish, barqaror rivojlanish Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirish, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini o‘rganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun muhim poydevor hisoblanadi”, — deyiladi hujjatda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2015-yil 10-iyundagi “2020-yilda aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish borasidagi prinsiplar va tavsiyalar” rezolyutsiyasiga tayanib, a’zo davlatlarni 2020-yilda Butunjahon aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish dasturi doirasida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishga taalluqli xalqaro va hududiy tavsiyalarni inobatga olgan holda kamida bir marta aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishni o‘tkazishni qat’iy da’vat etadi.

“Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilmagan. Aholi soniga, yosh-jins tarkibiga keskin ta’sir ko‘rsatgan o‘zgarishlar, respublika hududidagi aholi joylashuvi xususiyatlari va boshqa ijtimoiy-demografik o‘ziga xosliklar aholining joriy hisobiga oid mavjud ma’lumotlarni qo‘llashni sezilarli darajada cheklamoqda”, — deyiladi prezident farmonida.

Aholini ro‘yxatga olish aniq belgilab qo‘yilgan yagona hisobga olish davrida aholining jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, ma’lumoti, hayot darajasi, yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boshqa demografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari bo‘yicha yakka tartibda hisobga olish va batafsil tavsiflashga xizmat qiladi.

Farmon bilan 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi hududiy komissiyalar tashkil etilishi belgilandi.

Komissiya aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga vakolatli organ hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtirish, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini nazorat qilish va boshqa tashkiliy ishlarni olib boradi.

1-iyulga qadar “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqiladi. Unda ilg‘or xorijiy amaliyotda qabul qilingan zamonaviy texnologiya va uslubiyotlar asosida aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish, bu jarayonda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ishtiroki, ularning vazifalari, funksiyalari hamda javobgarligini ko‘rsatish, jismoniy hamda yuridik shaxslarning ishtiroki, ular mehnatiga haq to‘lashning aniq mexanizmlari va manbalarini belgilash hamda aholini ro‘yxatga olish yakunlarini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy-amaliy, huquqiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlar o‘z aksini topadi.

  • Digg
  • Del.icio.us
  • StumbleUpon
  • Reddit
  • Twitter
  • RSS
Комментарии0

Аҳолини рўйхатга олишнинг жамиятдаги аҳамияти

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 5 февралдаги “Ўзбекистон Республикасида 2022 йилда аҳолини рўйхатга олишни ўтказиш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида”ги  ПФ-5655-сон фармонига мувофиқ  Ўзбекистон Республикасининг “Аҳолини рўйхатга олиш тўғрисида”ги қонуни лойиҳаси ишлаб чиқилди ва мазкур  Фармон ижроси юзасидан вилоят ҳокимининг тааллуқли қарори қабул қилинди.

Ҳар қандай давлатнинг тарихи – бу, биринчи навбатда, унда яшайдиган халқнинг тарихи, аҳолисининг сони ва таркиби, унинг иқтисодий ва ижтимоий тавсифларида ўз ифодасини топади. Аҳоли сони бўйича аниқ ва яхлит маълумотлар аҳолини рўйхатга олиш асосида олинади.

Мустақиллик йилларида мамлакатимизда биринчи маротаба аҳолини рўйхатдан ўтказиш режалаштирилаётганлигини алоҳида таъкидлашимиз керак. Аҳолини рўйхатга олиш якунларига қараб ўтмиш ва ҳозирги давр ҳақида фикр ва мулоҳазалар юритиш ҳамда келажакни прогноз қилиш мумкин бўлади.

Мамлакатимиз аҳоли сонини аниқ ҳисоблаб чиқиш уларнинг жинси, ёши, оилавий аҳволи, маълумоти, турмуш даражаси, яшаш шароити, бандлиги, миллати, фуқаролиги ҳамда бошқа демографик, ижтимоий-иқтисодий хусусиятлари бўйича ягона маълумотлар базасини яратиш мақсадида, давлатимиз раҳбари томонидан “Ўзбекистон Республикасида 2022 йилда аҳолини рўйҳатга олишни ўтказиш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида” ги фармон имзоланди.

Мазкур Фармон мамлакатимиз тараққиёти йўлида қўлга киритилажак асосли ва ишончли маълумотлар базасини яратиш, республикадаги ижтимоий вазиятга янада ойдинлик киритишга хизмат қилади.

Чунки маҳаллий ҳамда ҳорижий компанияларнинг самарали фаолиятида ҳудудлардаги реал ҳолатни билиш, прогноз қила олиш муҳим омиллардан саналади.

БМТ тавсияларига кўра, аҳолини рўйхатга олиш 10 йилда камида бир маротаба ўтказилиши белгиланган. Мустақиллик йилларида Ўзбекистон Республикасида аҳолини рўйхатга олиш ўтказилмаган. Аҳолининг сони, ёш-жинс таркиби, ҳудудий жойлашуви хусусиятлари ва бошқа ижтимоий-демографик ҳолатларидаги ўзгаришлар аҳолининг жорий ҳисоби бўйича мавжуд маълумотларни қўллашни сезиларли даражада чекламоқда.

Мазкур ҳужжат билан тасдиқланган концепцияга асосан, Ўзбекистонда 2022 йилда аҳолини рўйҳатга олиш ишлари олиб борилади.

Бунда вилоятимизнинг янги, мукаммал  кадастр харитаси яратилади деганидир. Бундан ташқари, фармонга мувофиқ Ўзбекистон Респуликасида 2022 йилда аҳолини рўйҳатга олишни ўтказишга доир комплекс чора-тадбирлар дастури ҳам таъсдиқланди.

Худудий комиссияларнинг асосий вазифалари этиб ҳудудларда аҳолини рўйхатга олишга тайёргарлик кўриш, ўтказиш ва натижаларни эълон қилишга доир чора-тадбирларнинг ўз вақтида ҳамда сифатли бажарилишини таъминлаш вазифаси юклатилди.

Рўйҳатга олиш жараёнида тўпланадиган статистик маълумотлар эндиликда ягона электрон ахборот тизимига киритилади. Натижада вилоятимизнинг   шаҳари, туманидан тортиб маҳалласию кўчасигача, чекка қишлоқригача  алоқадор барча маълумотни ўзи акс эттирган кенг қамровли ахборот манбаига эга бўлади. Бу қимматли маълумотлар ижтимоий-иқтисодий жараёнларни прогноз қилиш, бандлик соҳасидаги  сиёсатни белгилаш, ижтимоий сиёсат ва аҳоли саломатлиги бўйича дастурларни яратишда, шунингдек давлат хокимияти органларининг вазифаларини бажариши, фан ва жамиятни ахборот билан таъминлаш учун зарурдир.

Хулоса шуки, аҳолини рўйхатга олиш маълумотларидан миллий барқарор ривожланиш мақсадларини амалга оширишда ва мониторингни юритишда, аҳоли пунктларининг инфратузулмасини яхшилашда, меҳнат ресурсларидан фойдаланиш ва жойлаштириш бўйича қисқа, ўрта ва узоқ муддатли прогнозлар, дастурларни ишлаб чиқишда фойдаланилади. Бу омил жамият тараққиётининг негизи эканлиги шубҳасиз.

  • Digg
  • Del.icio.us
  • StumbleUpon
  • Reddit
  • Twitter
  • RSS
Комментарии0

Привет, мир!

Добро пожаловать в WordPress. Это ваша первая запись. Отредактируйте или удалите её, затем пишите!

  • Digg
  • Del.icio.us
  • StumbleUpon
  • Reddit
  • Twitter
  • RSS
Комментарии1